Kolledj ustavı

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi
Xo’jayli pedagogika kollejining
USTAVI

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limivazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi Xo’jayli pedagogikakollejining (keyingi o‘rinlarda – kollej deb yuritiladi) maqomi, asosiy maqsadvavazifalari, huquq va majburiyatlari, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibinibelgilaydi.
  2. Kollej – Xalqaro tasniflagichning 4-darajasigacha mos keluvchi ta’limdasturlari asosida o‘rta professional ta’lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan ta’limmuassasasi hisoblanadi.

3.Kollej o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi vaqonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari,O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, O‘zbekiston RespublikasiMaktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim agentligi qarorlari vafarmoyishlari, boshqa qonunchilik hujjatlari hamda ushbu Ustav asosida amalgaoshiradi.

4.Kollejlar tegishli O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limivazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi (keyingi o‘rinlarda–Maktabgacha ta’lim agentligi deb yuritiladi) tizimidagi tashkiliy tuzilma hisoblanadiva faoliyatlari Maktabgacha ta’lim agentligining hamda o‘zlarining byudjetdantashqari mablag‘lari asosida moliyalashtiriladi.

Maktabgacha ta’lim agentligi kollej o‘quvchilarining kasbiy ta’limjarayonida amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda ko‘maklashadi, mehnat bozoridaXalqaro tasniflagichning 4-darajasiga mos keluvchi mutaxassislarga (keyingio‘rinlarda – mutaxassislar) bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi, pedagogika kollejibitiruvchilarni ish bilan ta’minlanishi monitoringini olib boradi.

         5.Kollej yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining mustaqil balansiga, alohidamol-mulkiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomidavlat tilida yozilgan muhrga, shtampga, davlat namunasidagi blankalariga, Moliyavazirligining G‘aznachiligida va uning hududiy bo‘limlarida shaxsiyhisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi va boshqa hisobvaraqlarga,rekvizitlarga ega bo‘lgan, o‘z nomidan shartnomalar tuzadigan, mulkiy yoki shaxsiynomulkiy huquqlarni amalga oshiradigan, yuklagan majburiyatlarni bajaradiganhamda sud, arbitraj organlarida da’vogar va javobgar bo‘ladigan ta’lim muassasasi hisoblanadi.

 Kollejning rasmiy nomlanishi:

  1. a) davlat (o’zbek)tilida:

to‘liq nomi:“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi Xo’jayli pedagogika kolleji”, qisqartirilgan nomi – “Xo’jayli pedagogika kolleji”;

  1. b) davlat (qoraqalpoq) tilida:

to‘liq nomi:“Ózbekstan Respublikası Mektepke shekemgi hám mektep bilimlendiriw Ministrligi janındaģı Mektepke shekemgi bilimlendiriw agentligi quramındaģı Xojeli pedagogika kolledji”, qisqartirilgan nomi – “Xojeli pedagogika kolledji”;

  1. v) ingliz tilida:

to‘liq nomi: «Khojeli pedagogical college under the Preschool education agency under the Ministry of preschool and school education of the Republic of Uzbekistan»», qisqartirilgan nomi — «Khojeli pedagogical college» ;

  1. g) rus tilida:

to‘liq nomi: «Ходжейлийский педагогический колледж при Агентстве дошкольного образования Министерства дошкольного и школьного образования Республики Узбекистан», qisqartirilgan nomi«Ходжейлийский педагогический колледж».

7.Xo’jayli pedagogika kollejning joylashgan joyi (pochta manzili): pochta indeksi 231300, Qoraqalpoģiston Respublikasi, Xo’jayli tumani, Mustaqillik  ko‘chasi, «1»-uy.

 

2-bob. Xo’jayli pedagogika kollejining asosiy maqsad va vazifalari

8.Xo’jayli pedagogika kollejining asosiy maqsadi:

kadrlar tayyorlash Xalqaro tasniflagichning kamida 3-darajasiga mos ta’lim
dasturlarini tamomlagan, kamida umumiy o‘rta ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar
hisobidan “Hayot davomida ta’lim olish” prinsipi asosida kasblar va
mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda 2 yilgacha muddatda
kunduzgi, dual, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontraktasosida kadrlartayyorlashdan;

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatini ta’minlash borasida sohaga doir ilmiy,
metodik tadqiqotlarni olib boradi, pedagog xodimlarning ilmiy tadqiqotlar olib
borishini qo‘llab-quvvatlashdan;

o‘quvchilarni tanlagan kasb yoki mutaxassisligi bo‘yicha zamonaviy
talablarga javob beruvchi, puxta bilim, amaliy ko‘nikma va malakaga hamda yuksakma’naviy-axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan, intellektual jihatdan yetuk kadrlar etibtayyorlashdan iborat.

  1. Quyidagilar Xo’jayli pedagogika kollejning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    iqtisodiyotning soha va tarmoqlarida talab yuqori bo‘lgan tor doiradagi va
    sohaviy mutaxassisliklar bo‘yicha tizimli fikrlash, ish yuritish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalariga ega bo‘lgan hamdaxorijiy tillarni biladigan mutaxassislar tayyorlash;

egallagan kasbi va mutaxassisligi bo‘yicha mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanish huquqini beradigan, yuqori darajada sifatli bilim olishini va kasbiy
tayyorgarlikni ta’minlaydigan Milliy professional va davlat ta’lim standartlari
asosida ishlab chiqilgan ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qitish;

sohadagi mutaxassislar va ishchilarning malakasini oshirish va qayta
tayyorlash;
tanlab olingan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha bir yoki bir necha
ixtisoslikni egallash jarayonida o‘quvchilarning kasbiy layoqat, ko‘nikma va
malakalarini oshirish;

mutaxassislarni tayyorlash tizimi va mazmunini jamiyat ehtiyojlaridan, fan,
madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqqan holda
takomillashtirish;

o‘quvchilarda vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash, xalqning milliy,
madaniy, tarixiy an’analariga hurmat, Vatan bilan g‘ururlanish va iftixor tuyg‘usini
shakllantirish;
o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali shakllari va
usullaridan foydalangan holda kamol toptirish;

davlat ta’lim standartlari talablariga ko‘ra o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va
malakalarni shakllantirish;

o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’limi ustalari, ta’lim oluvchilarning sog‘lig‘inimuhofaza qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bilim olishi,turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish;

ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-metodik bazani yaratish
va o‘quv jarayoniga yuqori ish tajribasiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni
jalb etib borish.

 

3-bob. Xo’jayli pedagogika kollejining huquq va majburiyatlari

  1. Xo’jayli pedagogika kolleji:

O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘z nomidan yuridik va jismoniy
shaxslar bilan vakolati doirasida shartnomalar va boshqa hujjatlar tuzish;

O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan taqiqlanmagan
va mazkur Ustavga zid bo‘lmagan faoliyatni amalga oshirish;

ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish maqsadida o‘qituvchilar va
ishlab chiqarish ta’limi ustalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish
maqsadida tanlovlar tashkil etish;

iqtisodiyot tarmoqlari, xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish sohasida kadrlarga
bo‘lgan real ehtiyoj asosida kadrlar tayyorlovchi qo‘shimcha kasblar va
mutaxassisliklar, shartnoma asosida qisqa muddatli o‘quv kurslari ochish;

to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar hamda
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushgan mablag‘larni kollejning
moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga va ta’lim-tarbiya jarayonini zamonaviy
o‘quv-texnik vositalar, mebellar bilan ta’minlashga, kollej o‘qituvchilari va ishlab
chiqarish ta’limi ustalari, xodimlarini ijtimoiy himoyalashga va ularning faoliyati
samaradorligini oshirishni rag‘batlantirishga sarflash.

kollej o‘quvchining kasbiy va tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish,
budjetdan tashqari mablag‘ ishlab topish maqsadida aholiga pullik xizmat ko‘rsatishbo‘yicha turli sohalar bilan bog‘liq ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatibilan shug‘ullanish huquqiga ega;

kollejning bo‘sh turgan bino va inshootlariga Maktabgacha ta’lim agentligi

tizimidagi davlat muassasalari, jumladan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarihamda ularning tayyorlov guruhlari tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.Kollej qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishimumkin.

  1. Xo’jayli pedagogika kolleji:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining“Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonunlari,O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya sohasidagi farmonlari,qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningtegishli qarorlari va farmoyishlari hamda boshqa vakolatli davlat organlariningnormativ hujjatlarida belgilangan vazifalarini bajarishi;

kollejning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, budjet mablag‘laridansamarali foydalanish hamda mablag‘ bilan ta’minlashning muqobil manbalarini, shujumladan, tashkilotlar, homiylar mablag‘larini, xorijiy investitsiyalarni jalb etishi;

davlat ta’lim standartlari, malaka talabi, o‘quv rejasi va fan dasturlari asosidayuqori sifatli kasb-hunar ta’limini berishi;

kollej Axborot-kutubxona fondini umumiy o‘quvchilar sonini hisobga olganholda zamonaviy talabga javob beradigan darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar(shu jumladan, badiiy adabiyotlar) majmui bilan yetarli darajada muntazam ravishdato‘ldirib borishni ta’minlash va o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishi;

kollej o‘qituvchilari malakasini oshirish,tajriba almashinuvini tashkil etish va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi;

ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilishi;

pedagogik faoliyatning sifati, ijtimoiy maqomi, nufuzi va obro‘-e’tiborinioshirish borasida faoliyat ko‘rsatishi;

mehnat muhofazasi talablariga javob beradigan ta’lim-tarbiya va mehnatsharoitlarini yaratishi zarur.

Kollej qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarni ham olishimumkin.

4-bob. Xo’jayli pedagogikakollejida ta’lim oluvchilar

  1. Amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘qishga qabul qilingan fuqarolar,chet el fuqarolari va fuqarolikka ega bo‘lmagan shaxslar pedagogika kollejio‘quvchisi hisoblanadi.

Kollejga o‘quvchilarni qabul qilishi tartibi normativ hujjatlar asosidabelgilanadi.

  1. Kollej o‘quvchilariga o‘quvchilik guvohnomasi beriladi.
  2. Kollej o‘quvchilari:

bilim olishga bo‘lgan konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanib, tegishlikasblar va mutaxassisliklar bo‘yicha zamonaviy ilm, fan-texnika taraqqiyotirivojlanishiga mos nazariy va amaliy bilim olish;

ta’lim-tarbiya jarayoni davomida o‘quv-texnika jihozlari va vositalaridan,fan kabinetlaridan Axborot-kutubxona fondidan, Axborot kutubxona o‘quv zali vaboshqa o‘quv, yordamchi xonalardan, sport majmualari, kollejga qarashli tibbiy vatexnik jihozlardan bepul foydalanish;

kollej, tuman, shahar, respublika miqyosida o‘tkaziladigan turli ko‘riktanlovlar, sport musobaqalari, amaliy seminarlar, konferensiyalarda ishtirok etish;

kollej Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlariga saylash va saylanish,ta’lim-tarbiya jarayoniga taalluqli masalalar yuzasidan vakolati doirasida takliflarkiritish, shuningdek, o‘quvchilar davomati, ularni ichki tartib-qoidalarga rioya etishiva boshqa masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish huquqiga ega.Kollej o‘quvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlargaham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Kollej o‘quvchilari:

ta’lim-tarbiya jarayonida kollej Ustaviga, ichki tartib-qoidalarga, o‘quvintizomiga, kiyinish qoidalariga, o‘quvchi-yoshlar uyida yashash qoidalariga qat’iyrioya qilishga;

fanlar bo‘yicha o‘quv dasturi asosida bilimlarni vijdonan va muntazamo‘zlashtirib borishga, o‘qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarishgahamda darslarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rishga;

ta’lim-tarbiya jarayoni davomida o‘quv-texnika jihozlari va vositalaridan,fan kabinetlari, Axborot-kutubxona fondidan, o‘quv zali va boshqa o‘quv,yordamchi xonalardan, sport majmualari, kollejga qarashli tibbiy va texnikjihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanishga;

o‘quv rejasida belgilangan muddatlarda o‘quv va malakaviy amaliyotlarnio‘tashga hamda amaliyot dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarishga;

kollej hududida, fan kabinetlari, Axborot kutubxona o‘quv zali va sportzalida sanitariya gigiena, texnika va yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy amalqilishga hamda o‘quvchilar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, kollej molmulkiga moddiy zarar yetkazuvchi har qanday holatlar to‘g‘risida zudlik bilanma’muriyatni xabardor qilishga;

to‘lov-kontrakt bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishga;milliy qadriyatlar va urf-odatlarni hurmat qilishga, odob-axloq qoidalarigarioya qilishga;

kollej hududida uyali telefonlardan foydalanishni tartibga soluvchi tegishlinormativ hujjatlar talablariga rioya qilishga majbur.

Kollej o‘quvchilari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarniham olishi mumkin.

  1. O‘qishda erishgan yutuqlari, ijodiy faoliyati va kollejning jamoatishlarida faol qatnashgan o‘quvchilarga rag‘batlantirishning turli shakllariqo‘llaniladi.
  2. Kollej ichki tartib qoidalarini, o‘quv intizomini buzgan hamda boshqaturdagi huquqiy javobgarliklarni keltirib chiqaruvchi nojo‘ya xatti-harakatlar sodiretgan o‘quvchilarga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.

5-bob. Xo’jayli pedagogika kollejida ta’lim o‘quv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ish

  1. Kollejda o‘qituvchilar tarkibi, ish beruvchilar, o‘quvchilar ta’limjarayonining qatnashchilari hisoblanadilar.
  2. Kollejda o‘qitish quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

ta’limning demokratik xarakterda ekanligi – davlat ta’lim dasturlaridoirasida ta’lim-tarbiya usullarini tanlashda kollejning mustaqilligi;

ta’limning insonparvarligi – shaxsning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli-tumanehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy qadriyatlar ustuvorliginingta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof muhit o‘zaro munosabatlarininguyg‘unlashuvi;

ta’limning ijtimoiyligi – ta’lim oluvchilarda estetik boy dunyoqarashni hosil

qilish, ularda yuksak ma’naviyat, madaniyat va ijodiy fikrlashni shakllantirish;ta’limning milliy yo‘naltirilganligi – ta’limning milliy tarix, xalq an’analariva urf-odatlari bilan uzviy uyg‘unligi, O‘zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlabqolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim omili sifatida e’tirofetish, boshqa millatlarning tarixi va madaniyatini hurmat qilish;

ta’lim va tarbiyaning uzluksizligi va uzviy bog‘liqligi uyg‘un olib borilishi;yoshlarning kelgusida mehnat faoliyatini davom ettirishini ta’minlovchiyuqori darajadagi bilimlarni egallashi;

iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga sifatli bilim olish uchun shart-sharoitlaryaratish.

  1. Kollejda:

ta’lim berish 2 yilgacha muddatda kunduzgi, dual, kechki, sirtqi ta’lim
shakllarida davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

dual, kechki va sirtqi ta’lim shaklida o‘qish muddati va semestrlar

davomiyligi vakolatli davlat organlari tomonidan belgilangan me’yorlar asosidashakllantiriladi;

o‘quvchilar o‘qitish kurslari va tili bo‘yicha guruhlarga, o‘qitish yo‘nalishibo‘yicha esa bo‘limlarga birlashtiriladi;

guruhlarda o‘quvchilar soni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasitomonidan belgilangan me’yorlar asosida shakllantiriladi;

o‘quv yilining boshlanishi, tugallanishi, haftalik yuklama, ta’tillarning

muddati, davomiyligi, shuningdek, o‘quv-tarbiya jarayoni yakunlarini belgilashshakllari, amaliyot turlari va yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi hamdata’lim jarayoniga tegishli boshqa talablar qonunchilikda belgilangan tartibdatasdiqlangan o‘quv rejalari va boshqa normativ hujjatlar asosida belgilanadi;

kollejda barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlari davomiyligi tegishli normativhujjatlar bilan belgilanadi.

  1. Ta’limning mazmuni ta’lim dasturlari (o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari)asosida belgilanadi.

Mutaxassislarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar kasbstandartlari va malaka talablari asosida belgilanadi.

  1. O‘quvchilarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini reytingtizimi asosida baholash tegishli normativ-hujjatlarga muvofiq belgilanadi.
  2. Kollejda o‘qitish kursi tugagandan keyin nazoratlarning yakuniynatijalari asosida o‘quvchini navbatdagi kursga o‘tkazish, kursda qoldirishto‘g‘risida qaror qabul qilinadi. O‘quvchilarni kursdan kursga o‘tkazish, kursdaqoldirish kollej pedagogik kengashining qaroriga asosan kollej direktoriningbuyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

Kursdan kursga shartli ravishda o‘tkazishlarga yo‘l qo‘yilmaydi.

  1. O‘quvchilarni kollejda o‘qitish ta’limning fan va ishlab chiqarish bilano‘zaro hamkorligi asosida quyidagicha amalga oshiriladi:

kollej o‘quvchilarining muassasa va tashkilotlarda tizimli asosda ishlabchiqarish va malakaviy amaliyot o‘tashi uchun shart-sharoitlar yaratish;

bevosita ishlab chiqarishni modernizatsiyalash jarayonlarida ishtirok etishgaqodir bo‘lgan kadrlarni tayyorlash maqsadida o‘quv jarayoniga innovatsiong‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni qo‘llab, kollej hamda muassasa vatashkilotlarning o‘zaro yaqin hamkorligini ta’minlash.

  1. O‘quvchilarning o‘quv, ishlab chiqarish va diplom oldi amaliyotikollejning amaldagi normativ hujjatlari asosida amalga oshiriladi.
  2. O‘quv rejasida mavjud bo‘lgan fanlar bo‘yicha fan dasturlarini to‘liqo‘zlashtirgan o‘quvchi kollej pedagogik kengashining qarori va direktorningbuyrug‘i bilan Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlariga qo‘yiladi. Yakuniy davlatattestatsiyasi amalda bo‘lgan normativ hujjatlarga asosan o‘tkaziladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasi qarori bilan ta’lim olganmutaxassisligi (kasbi) va egallagan malakasi (malakalari) ko‘rsatilgan holda davlatnamunasidagi diplom beriladi.

Diplomga o‘zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, o‘tilgan soatlar hajmi, ularnio‘zlashtirish darajasi (baholar) va Yakuniy davlat attestatsiyasi natijalariko‘rsatilgan qo‘shimcha varaq ilova qilinadi.

  1. Kollejni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom olingan bilim, ko‘nikma vamalakalarini mehnat faoliyatida qo‘llash huquqini beradi.
  2. O‘quv-metodik, ilmiy-metodik va tajriba ishlarini amalga oshirishmaqsadida kollej fan kafedralarini tashkil kiladi.
  3. O‘quv jarayoni shakli ilmiy asoslangan innovatsion vosita,integratsiyalashgan dasturlar va o‘qitish usullarini tanlash asosida tashkil etiladi.
  4. O‘quv jarayoniga yo‘nalishlar bo‘yicha olim va mutaxassislar jalbqilinadi. Kollejda o‘qituvchilarning o‘quv-metodik va ilmiy ijod qilishlari uchunsharoit yaratiladi va rag‘batlantiriladi.
  5. Kollejda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar umumbashariyqadriyatlarga va milliy an’analarga asoslanadi:

kollejda vatanparvarlik va milliy mustaqillik g‘oyalariga sadoqatli hamdajamiyat taraqqiyotiga hissa ko‘sha oladigan shaxsni tarbiyalash o‘quv jarayoni bilanuzviy ravishda «Ma’naviyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, Yoshlar ittifoqiboshlang‘ich tashkiloti, shaxsning ijodiy faolligini shakllantiruvchi fondlarningfaolishtiroki bilan amalga oshiriladi;

yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy-madaniy,tarixiy an’analariga, urf-odatlariga asoslangan tarbiyaviy ishlarning turli shakllariniommalashtirish maqsadida kollejning veb-sayti va ijtimoiy sahifalarini yaratishyo‘lga qo‘yiladi;

o‘quvchilarning o‘z intellektual darajasini oshirish badiiy adabiyotlarnio‘qishga qiziqtirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doirtarg‘ibot ishlarini olib borish, yangi adabiy kitoblarning taqdimotini uyushtirish vatarg‘ib qilish orqali amalga oshiriladi;

kollej o‘quvchilarida muloqot madaniyatining zamonaviy shakllariniyaratish maqsadida tegishli mutaxassislarni jalb qilgan holda bahs-munozaralar vadavra suhbatlari uyushtiriladi;

chet tillaridagi badiiy adabiyotlar, ilmiy materiallarni o‘rganish va ta’limtarbiyaga tatbiq etish maqsadida videoroliklar, bukletlar, flayerlar tayyorlash yo‘lgaqo‘yiladi;

kollejda yosh avlodni ma’naviy-axloqiy, milliy g‘oyalarga sadoqat vavatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqil dunyoqarashga va fikrlashga ega bo‘lganma’naviy boy va har tomonlama kamol topgan shaxsni shakllantirishda milliymadaniy, tarixiy an’analarga, urf-odatlar hamda umumbashariy qadriyatlargaasoslangan tarbiyaviy ishlarning turli xil shakllari qo‘llaniladi.

  1. O‘quvchilarda ta’lim muassasasi va tanlagan kasbni egallash bo‘yichaberilgan imkoniyatlardan g‘ururlanish hissini oshirishga qaratilgan tadbirlar ishlabchiqiladi.
  2. Kollejda o‘quv yilining birinchi kuni vazirlik va jamoat tashkilotlarivakillari ishtirokida o‘quvchilarning tantanali saflanishi, O‘zbekiston Respublikasibayrog‘ini olib chiqish, Davlat madhiyasini ijro etish bilan boshlanadi vabelgilangan tadbir asosida davom ettiriladi.
  3. Birinchi mashg‘ulot O‘zbekiston Respublikasining milliy mustaqillikg‘oyalariga bag‘ishlanadi.

 

6-bob. Xo’jayli pedagogika kollejini boshqarish

35.Kollej faoliyatini boshqarish direktor tomonidan amalga oshiriladi.Kollej direktori Maktabgacha ta’lim agentligi tomonidan lavozimga tayinlanadi valavozimdan ozod qilinadi. Uning lavozim majburiyatlari qonunchilik hujjatlarigasosan belgilanadi.

  1. Kollej direktori:

umumiy rahbarlik qiladi, kollejning joriy faoliyatini tashkil etadi va o‘zzimmasiga yuklangan vazifalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, boshqatashkilotlar bilan munosabatlarda kollej nomidan ish yuritadi;

tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishgan holda kollejningshtatlar jadvalini, uni saqlash uchun xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

o‘z funksional majburiyatlarini samarali bajarayotgan, kollej oldigaqo‘yilgan vazifalarga erishishga salmoqli hissa qo‘shgan yuksak professional,tashabbuskor xodimlar mehnatini moddiy rag‘batlantirish choralarini ko‘radi;

o‘z vakolati doirasida xodimlar tomonidan ijro etilishi shart bo‘lganbuyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi;

kollejga yuklangan vazifalarga muvofiq boshqa funksiyalarni bajaradi.

  1. Direktor kollejning mol-mulki, moddiy bazasi va mablag‘ining taqsimotchisi hisoblanadi, mehnat va xo‘jalik shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob va raqlarini ochadi.
  2. Kollej direktorining o‘rinbosarlari bo‘ysunuvi bo‘yicha tegishli vazirlik va idora bilan kelishgan holda professional ta’lim muassasalari direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

kollejning bosh buxgalteri va o‘quv bo‘limlari boshliqlari kollej direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi;

Direktor ma’muriyat faoliyati natijalari bo‘yicha ilmiy-pedagogik kengash va yuqori tashkilotlarga hisobot beradi.

39.Kollejning oliy organi Pedagogik kengash hisoblanadi.

Pedagogik kengash:

kollejni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, mutaxassislar tayyorlash vatarbiyalash sifatini oshirish va takomillashtirishni, kollejga qo‘shimcha mablag‘larnijalb qilishni va moddiy-texnika bazani mustahkamlashni belgilaydi;

ta’lim mazmunining turli variantlarini muhokama kilish va tanlab olish(o‘quv rejalari, dasturlar, darsliklar), o‘quv-tarbiya jarayonining shakl va usullarini,ularni amalga oshirish usullarini, o‘quvchilarni qabul kilish, kursdan kursgao‘tkazish va qoldirish, chetlashtirish masalalarini muhokama etadi hamda tegishliqarorlar qabul kiladi;

o‘qituvchilarning ijodiy tashabbuskorligini oshirish, ularning pedagogiktajribasini ommalashtirish bo‘yicha malaka oshirish ishlarining tashkil etilishinimuhokama qiladi;

tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq o‘qituvchilarga kasbiy toifaberish hamda bazaviy ta’rif stavkasiga belgilangan ustama haq to‘lovlarini belgilashto‘g‘risidagi masalalarni muhokama qiladi va tegishli toifalarga tavsiya beradi;

kollejning bo‘limlari, Davlat attestatsiya komissiyasi va qabul komissiyasihisobotini eshitadi va muhokama qiladi.

Pedagogik kengash tarkibiga kollej direktori, uning o‘rinbosarlari, bo‘limboshliqlari, kafedra mudirlari, o‘qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari,psixolog, Axborot-kutubxona bo‘yicha mutaxassis kiradi. Kollej direktoriPedagogik kengash raisi hisoblanadi.

  1. Pedagogik kengash majlislari ikki oyda kamida bir marta o‘tkaziladizarur hollarda navbatdan tashqari Pedagogik kengash majlisi o‘tkazilishi mumkin.Kengash qarori umumiy, ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi. Pedagogik kengash qarori kollej direktorining buyrug‘i bilan kuchga kiradi. Pedagogik kengash majlislarida tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar hamda ish beruvchi tashkilot vakillari kuzatuvchi sifatida qatnashishi mumkin.
  2. Kollejning shtatlari jadvali amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosidaishlab chiqiladi, tasdiqlanadi hamda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
  3. Kollejda Pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi tuziladi va faoliyat yuritadi.
  4. Kollej tarkibida kasaba uyushmasi, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilot, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, murabbiylar kengashi vakollejdagi ta’lim-tarbiya jarayoniga daxldor bo‘lgan boshqa jamoat tuzilmalari tashkil etiladi.
  5. 44. Kollejda fan kafedralari tashkil etiladi.

Tashkil etilgan kafedralar ular faoliyati to‘g‘risidagi Nizomlar bilan tartibga solinadi.

  1. 45. Kollejning o‘qituvchilari va ishlab chiqarish ta’limi ustalari bilan hamkor korxona va tashkilotlar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish borasida hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

7-bob. Xo’jayli pedagogika kolleji pedagog xodimlar, o‘quv-tarbiyaviy xodimlar

  1. Tegishli oliy ma’lumotga, kasbiy tayyorgarlikka hamda yuksak axloqiyfazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar kollejda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishhuquqiga ega. Sudning qaroriga asosan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishta’qiqlangan shaxslar bu ishga qo‘yilmaydi.
  2. Kollejga professor-o‘qituvchilar, pedagoglar tarkibini ishga qabul qilish,ularning o‘quv-pedagogik yuklamasini belgilash tegishli qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
  3. 48. O‘qituvchilarning (o‘quv fanlari va soatlar bo‘yicha) boshqao‘qituvchilar o‘rnida ishlashi tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
  4. 49. O‘qituvchilarning pedagogik faoliyat darajasini baholash uchun attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifasi berish tartibi tegishli normativ hujjatlarga asosan amalga oshiriladi.
  5. 50. O‘qituvchilarning pedagogik, psixologik, kasbiy mahoratini vamalakasini oshirish hamda ularni qayta tayyorlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshiriladi.
  6. 51. Direktorning buyrug‘i bilan o‘qituvchilar zimmasiga o‘quv fanlari bo‘yicha kafedra mudirligi, tegishli o‘quv fanlar bo‘yicha mavjud o‘quv xonasi mudirligi vazifasi yuklanishi mumkin.

Guruhlarda o‘quv, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy hamda tashkiliy ishlargarahbarlik qilish uchun o‘qituvchilardan guruh murabbiylari tayinlanadi.

  1. 52. Kollejning o‘qituvchi, ishlab chiqarish ta’lim ustalari va xodimlarininghuquq va burchlari, lavozim vazifalari, malaka talablari va majburiyatlari kasbga qo‘yilgan talablar bilan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonunlari asosida tartibga solinadi. O‘qituvchi va xodimlar pedagogik mehnatning, tarbiyaviy va ilmiy jarayonining yuqori samara berishiga,o‘quvchilarda mustaqillik, tashabbuskorlik, ijodiy qobiliyat, zarur kasbiyko‘nikmalarni rivojlantirishga, kollej Ustaviga rioya qilishga majbur.
  2. Kollej xodimlarining huquq va majburiyatlari uning Ustavi, kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda direktor tomonidan tasdiqlangan ichki mehnat tartibi qoidalari va lavozim yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
  3. Kollejning o‘quv-tarbiya jarayoni sifati oshishiga aniq hissaqo‘shayotgan, yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar, ishlab chiqarishta’limi ustalari va xodimlarini rag‘batlantirish quyidagi asoslarga ko‘ra amalga oshiriladi:

o‘qituvchilar tomonidan o‘qitishning interfaol usullaridan foydalangan holda axborot texnologiyalarini qo‘llab ta’lim berishning yuqori darajasiga erishish;

o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalar va ijodiy faoliyatni rivojlantirish bo‘yichamustaqil samarali ishlashni o‘rgatish;

guruhlar murabbiylarining o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishi;

o‘qituvchi-pedagoglarning ilmiy-tadqiqotchilik ishlari;

kollej ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat hayotida faol ishtirok etish.

55.Kollejda o‘qituvchi, o‘quv-tarbiyaviy xodimlar mehnatini rag‘batlantirish ishlab chiqilgan ichki lokal hujjatlar bilan belgilanadi.

 

8-bob. Xo’jayli pedagogikakollejida jamoat tashkilotlari

  1. 56. Kollejda o‘quvchi, o‘qituvchi, ma’muriy va yordamchi xodimlarnibirlashtiruvchi jamoat tashkilotlari faoliyat ko‘rsatadi. Jamoat tashkilotlariningfaoliyati amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  2. Kollej o‘quvchilarining Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotio‘zini o‘zi boshqaradigan nodavlat, notijorat tashkilot bo‘lib, yoshlarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi hamda oshkoralik va adolat tamoyillari asosida ish yuritadi.

Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va tegishli qonunchilik hujjatlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining  Nizomi asosida faoliyat ko‘rsatadi.

Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining maqsad-vazifalari kollejyoshlarini birlashtirish, sog‘lom turmush tarzi asosida tarbiyalash, jamiyatdamunosib o‘rin egallashga ko‘maklashish, ularning manfaatlarini har tomonlama himoya qilishdan iboratdir.

  1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi kollej xodimlari va o‘quvchilarining ko‘ngilli jamoat birlashmasi sifatida e’tirof etiladi.

Kasaba uyushmasi qo‘mitasi kasaba uyushmalari to‘g‘risidagi va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan ish ko‘radi.

9-bob. Xo’jayli pedagogikakollejining mol-mulki va mablag‘lari

  1. 59. Kollej o‘zining moliya-xo‘jalik faoliyatini budjetdan tashqari mablag‘lar

doirasida amalga oshiradi. Kollej faoliyatini moliyalashtirish:

Maktabgacha ta’lim agentligi budjetdan tashqari mablag‘lari;

o‘quvchilarni davlat buyurtmasi va to‘lov-shartnoma asosida o‘qitishdan tushgan mablag‘lar;

qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.

  1. 60. Kollej xodimlarining ish haqi, sifatli faoliyat uchun ularnirag‘batlantirish miqdori va ish xaqiga ustamalar qonunchilik hujjatlariga muvofiq

belgilanadi.

  1. 61. Kollejning moliyaviy mablag‘lari uning tasarrufida bo‘ladi va ulardanqonunchilikda belgilangan tartibda Ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirishmaqsadida foydalaniladi.
  2. 62. Kollej fan kabinetlari va boshqa ob’ektlarning o‘quv-metodik va texnikjihozlanishi namunaviy normativlar bilan va ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidankelib chiqqan holda belgilanadi.
  3. 63. Kollejning mol-mulkidan samarali va maqsadga yo‘naltirilgan tarzdafoydalanilish uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq kollej direktori to‘liq javobberadi.
  4. 64. Kollej o‘z moliyaviy faoliyatini amalga oshirish uchun amaldagiqonunchilik hujjatlariga binoan buxgalteriya va statistika hisobini yuritadi,moliyaviy faoliyatni muntazam tahlil qiladi hamda mablag‘lardan maqsadli foydalanishni ta’minlaydi. Moliyaviy va statistik hisobotlarni tegishli organlarga taqdim etadi.
  5. Kollejning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.

10-bob. Xo’jayli pedagogikakollejini qayta tashkil etish va tugatish

  1. 66. Kollej qonunda belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan qaytatashkil qilinadi va tugatiladi.

 

Mazkur Ustav O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 466-sonqarorigamuvofiq ishlab chiqildi.

Xo’jayli pedagogika kollejining 2023-yil 10-iyuldagi pedagogik kengashining  14-sonli yig’ilish bayoni qarori bilan qabul qilindi.